Samsung Tab Active Pro - Instrukcja obsługi - Strona 182

Samsung Tab Active Pro Tablet – Instrukcja obsługi w formacie pdf, czytaj online za darmo. Mamy nadzieję, że okaże się ona pomocna w przypadku jakichkolwiek pytań związanych z użytkowaniem urządzenia.

Jeśli nadal masz wątpliwości, zadaj pytanie w komentarzach pod instrukcją.

"Ładowanie instrukcji" oznacza, że musisz poczekać na pobranie pliku, aby móc go przeczytać online. Niektóre instrukcje są bardzo obszerne, a czas ich ładowania zależy od szybkości łącza internetowego.
Strona:
/ 184
Ładowanie instrukcji

O'zbek

628

SIM-kartalar, xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang

Qurilmaga SIM-karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, SIM-karta to‘g‘ri kiritilganligiga va kabel
to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib olmang, chunki bu ma’lumot
yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan
himoyalang.

Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal predmetlar bilan tegmang. Agar
tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq sochiq bilan arting.

Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali uyaga yoki qurilmaning
boshqa qismlarini zararlashi mumkin.

Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling

Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati
mavjud bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda
xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa
maqsadlarda ishlatishini oldini oling

Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung
ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.

Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy
ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi
parametrlariga qaytaring.

Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki
shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda
ehtiyot bo‘ling.

Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez
tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini
aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat
ta’minotchingizga murojaat qiling.

Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob
qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.

Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki PIN-kod
yordamida bloklang.

Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang

Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang. Bunday
qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining
mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun
buzilishlariga javobgar emas.

instrukcjapopolsku.pl
Nadal masz pytania?

Nie znalazłeś odpowiedzi w instrukcji lub masz inne problemy? Zadaj pytanie w poniższym formularzu i opisz szczegółowo swoją sytuację, aby inni użytkownicy i eksperci mogli udzielić ci odpowiedzi. Jeśli wiesz, jak rozwiązać problem innej osoby, podziel się swoją wiedzą :)