Saeco SM6580/10 Ekspres do kawy – Instrukcja obsługi w formacie pdf, czytaj online za darmo. Mamy nadzieję, że okaże się ona pomocna w przypadku jakichkolwiek pytań związanych z użytkowaniem urządzenia.
Jeśli nadal masz wątpliwości, zadaj pytanie w komentarzach pod instrukcją.
"Ładowanie instrukcji" oznacza, że musisz poczekać na pobranie pliku, aby móc go przeczytać online. Niektóre instrukcje są bardzo obszerne, a czas ich ładowania zależy od szybkości łącza internetowego.
308
O'zbek
Yanchish sozlamasini oʻzgartirish
Qahva doni idishi ichidagi yanchishni sozlash murvati bilan qahva achchiqligini oʻzgartirishingiz mumkin.
Yanchish sozlamasi qanchalik past boʻlsa, qahva donlari shunchalik maydaroq yanchiladi va qahva
achchiqroq boʻladi. Tanlashingiz mumkin boʻlgan 12 ta turli yanchish sozlamasi mavjud.
Mashina qahva donlarining eng yaxshi taʼmini chiqarishga sozlangan. Shu sababli 100-150 finjon (taxminan
1 oy foydalanish) qahva damlamasdan yanchish sozlamasini oʻzgartirmaslikni tavsiya qilamiz.
Mashina qahva donini yanchayotganda faqat yanchish sozlamasini rostlashingiz mumkin. Taʼmdagi
farqni toʻliq his qilguncha 2-3 finjon qahva damlashingiz zarur.
Yanchgich shikastlanishidan saqlanish uchun yanchishni sozlash murvatini bir martada bir qadamdan
ortiq buramang.
1
Finjonni qahva dispenseri tagiga qoʻying.
2
Qahva doni idishining qopqogʻini oching (Rasm 21).
3
Espresso belgisini bosing va keyin start/stop tugmasini bosing.
4
Yanchgich yanchishni boshlanganida yanchishni sozlash murvatini bosib, uni chap yoki oʻng tomonga
burang (Rasm 22).
Boshqa mashina sozlamalarini rostlash
Sozlamalar belgisini bosib mashinaning quyidagi sozlamalarini rostlashingiz mumkin:
-
Suvning qattiqligi: mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasiga qarab 5 ta darajadan birini tanlashingiz
mumkin.
-
Kutish vaqti: siz 15, 30, 60 yoki 180 daqiqani tanlashingiz mumkin.
-
Displey yorqinligi: quyi, oʻrta va yuqori darajani tanlashingiz mumkin.
-
Til: oʻzingizga maʼqul boʻlgan displey tilini tanlashingiz mumkin.
-
Tovush: mashinaning tovushli signalini faollashtirishingiz yoki faolsizlantirishingiz mumkin.
-
Old tomondan yoritish: siz “always on”, “on during brewing” yoki “always off” rejimlaridan birini
tanlashingiz mumkin.
-
Oʻlchov birligi: millilitr yoki unsiyadan birini tanlashingiz mumkin.
Zavod sozlamalariga qaytarish
Mashina sizga zavod sozlamalarini har qaysi vaqtda qayta tiklash imkonini beradi.
1
Sozlamalar belgisini bosing.
2
“Zavod sozlamalari” bandini tanlash uchun tepaga yoki pastga qaragan strelkalardan foydalaning. OK
belgisini bosib tasdiqlang.
3
Sozlamalarni asliga qaytarmoqchi ekaningizni tasdiqlash uchun start/stop tugmasini bosing.
-
Endi sozlamalar asliga qaytariladi.
Quyidagi zavod sozlamalari standart holatga qaytariladi: suvning qattiqligi, kutish vaqti, displey yorqinligi,
ovoz
,
old tomondan yoritish, profillar.
AquaClean suv filtri
Mashinangizda AquaClean filtri yoqilgan. Qahvangiz taʼmini saqlab qoʻyish AquaClean suv filtrini suv
idishga solishingiz mumkin. Bu mashinangizda qum toʻplanishini kamaytirish orqali tozalashga ehtiyojni
ham kamaytiradi. AquaClean filtrini mahalliy yoki onlayn dilerlaringiz yoki vakolatli xizmat koʻrsatish
markazlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Nadal masz pytania?Nie znalazłeś odpowiedzi w instrukcji lub masz inne problemy? Zadaj pytanie w poniższym formularzu i opisz szczegółowo swoją sytuację, aby inni użytkownicy i eksperci mogli udzielić ci odpowiedzi. Jeśli wiesz, jak rozwiązać problem innej osoby, podziel się swoją wiedzą :)