Philips PerfectCare Compact Plus GC7920/20 - Instrukcja obsługi - Strona 27

Philips PerfectCare Compact Plus GC7920/20 Generator pary – Instrukcja obsługi w formacie pdf, czytaj online za darmo. Mamy nadzieję, że okaże się ona pomocna w przypadku jakichkolwiek pytań związanych z użytkowaniem urządzenia.

Jeśli nadal masz wątpliwości, zadaj pytanie w komentarzach pod instrukcją.

"Ładowanie instrukcji" oznacza, że musisz poczekać na pobranie pliku, aby móc go przeczytać online. Niektóre instrukcje są bardzo obszerne, a czas ich ładowania zależy od szybkości łącza internetowego.
Strona:
/ 39
Ładowanie instrukcji

128

Avtomatik o'chirish

-

Agar jihoz 5 daqiqa davomida ishlatilmasa, u kutish rejimiga o'tib qoladi. Yoqish/o'chirish tugmasi

chirog'i yonishni boshlaydi.

-

Jihozni qayta faollashtirish uchun yoqish/o'chirish tugmasi yoki bug' triggerini bosing. Jihoz qayta

qizishni boshlaydi.

-

Jihoz kutish rejimiga kirganidan keyin 10 daqiqa davomida ishlatilmasa, jihoz avtomatik o'chib qoladi.

Yoqish/o'chirish tugmasidagi chiroq o'chib qoladi.

Ogohlantirish: Jihoz tarmoqqa ulangan bo'lsa, uni hech qachon qarovsiz qoldirmang. Doim

ishlatilganidan keyin quvvatdan uzib qo'ying.

Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish

Cho'kmalardan aqlli tozalash tizimi

Jihozingiz muntazam ravishda toza bo'lishi va cho'kmalardan tozalanishi uchun u Cho'kmalardan aqlli

tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bu bug'ning kuchli ishlashini taʼminlashga yordam beradi va vaqt o'tishi

bilan asos plitasidan kir va dog'lar chiqishining oldini oladi. Tozalash jarayoni amalga oshirilishi uchun jihoz

muntazam eslatmalar berib turadi.

Cho'kmadan tozalash haqida ovozli va chiroq eslatmasi

1 oydan 3 oygacha ishlatgandan keyin, cho'kmalardan tozalash chirog'i miltillashni va jihoz cho'kmalardan

tozalash jarayonini bajarishingiz kerakligini bidirish uchun ovoz chiqarishni boshlaydi (14-rasm).

Bundan tashqari, jihozda cho'kmalar yig'ilishidan himoya qilish uchun ikkinchi himoya bosqichi: agar

cho'kmadan tozalash amalga oshirilmasa, bug' funksiyasi faolsizlantiriladi (15-rasm). Cho'kmadan tozalash

bajarilgach, bug' funksiyasi qayta tiklanadi. Bu ishlatiladigan suv turidan qatʼiy nazar amalga oshadi.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash amaliyotini istalgan vaqtda, hatto ovozli va chiroq eslatmasi faollashmagan

bo'lsa ham amalga oshirish mumkin.

Cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga

oshirish

Ogohlantirish: Cho'kmalarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.

Diqqat: Har doim cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga

oshiring. Dazmolni cho'kmadan tozalash konteyneridan yuqoriga ko'tarish bilan jarayonni

to'xtatmang, chunki asos plitasidan issiq suv va bug' chiqishi mumkin.

1

Suv bakini yarmigacha to'ldiring.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash jarayonida jihoz elektr tarmog'iga ulanganiga va YOQILGANLIGIGA

ishonch hosil qiling.

2

Cho'kmadan tozalash konteynerini dazmollash taxtasiga yoki boshqa har qanday tekis, barqaror yuzaga

joylashtiring.

3

Jihozni cho'kmadan tozalash konteyneriga barqaror joylashtiring (16-rasm).

4

Qisqa signallarni eshitmaguningizcha, CALC–CLEAN tugmasini 2 soniya bosib turing (17-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash konteyneri cho'kmadan tozalash jarayonida cho'kma zarralari va issiq

suvni to'plash uchun mo'ljallangan. Butun jarayon davomida dazmolni bu konternerga qo'yish mutlaqo

xavfsiz hisoblanadi.

5

Cho'kmadan tozalash jarayonida siz qisqa signallar va nasos ovozini eshitasiz (18-rasm).

6

Jihoz jarayonni yakunlashi uchun taxminan 2 daqiqa kuting (19-rasm). Cho'kmadan tozalash jarayoni

yakunlanganda, dazmol signal berishni to'xtatadi va CALC-CLEAN chirog'i yonishdan to'xtaydi.

7

Dazmolni bir parcha mato bilan arting va uni asos platformasiga qo'ying (20-rasm).

Diqqat: Dazmol issiq.

O'zbek

instrukcjapopolsku.pl
Nadal masz pytania?

Nie znalazłeś odpowiedzi w instrukcji lub masz inne problemy? Zadaj pytanie w poniższym formularzu i opisz szczegółowo swoją sytuację, aby inni użytkownicy i eksperci mogli udzielić ci odpowiedzi. Jeśli wiesz, jak rozwiązać problem innej osoby, podziel się swoją wiedzą :)