Saeco SM8889/00 Ekspres do kawy – Instrukcja obsługi w formacie pdf, czytaj online za darmo. Mamy nadzieję, że okaże się ona pomocna w przypadku jakichkolwiek pytań związanych z użytkowaniem urządzenia.
Jeśli nadal masz wątpliwości, zadaj pytanie w komentarzach pod instrukcją.
"Ładowanie instrukcji" oznacza, że musisz poczekać na pobranie pliku, aby móc go przeczytać online. Niektóre instrukcje są bardzo obszerne, a czas ich ładowania zależy od szybkości łącza internetowego.
360
O'zbek
Mashina sozlamalarini oʻzgartirish
Aksariyat mashina sozlamalarini Sozlamalar belgisini bosib, ekrandagi koʻrsatmalarga amal qilish orqali
sozlashingiz mumkin.
Onlayn yordam xizmati (savol-javob, videolar va hokazo) uchun ushbu buklet muqovasidagi QR kodni
skanerlang yoki
www.saeco.com/care
sahifasiga kiring.
Suv qattiqligini sozlash
Maqbul unumdorlik va mashinaning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, suvning qattiqlik
sozlamasini, mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasiga rostlashni tavsiya qilamiz. Bu mashinani
qasmoqdan tez-tez tozalashdan ham saqlaydi. Suv qattiqligining birlamchi sozlamasi 4 ta: qattiq suv.
Mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasini aniqlab olish uchun qutidagi suv
qattiqligini tekshirish kesmasidan foydalaning:
1
Suv qattiqligini tekshirish kesmasini joʻmrak suviga botiring yoki uni joʻmrak tagida 1 soniya tutib turing
(Rasm 12).
2
1 daqiqa kuting. Tekshirish kesmasidagi qizil rangga boʻyalgan kataklarning soni suvning qattiqligini
anglatadi (Rasm 13).
Mashinani haqiqiy suv qattiqligiga sozlang:
1
Sozlamalar belgisini bosing va “Suv qattiqligi” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring.
2
Suv qattiqligi darajasini tanlang. Displeyda tanlangan qizil kataklarning soni, tekshirish kesmasidagi qizil
rangga boʻyalgan kataklarning soniga teng boʻlishi lozim (Rasm 14).
3
Suv qattiqligining toʻgʻri darajasini sozlagach, tasdiqlash uchun tasdiqlash belgisini bosing.
Yanchish sozlamasini oʻzgartirish
Qahva doni idishi ichidagi yanchishni sozlash dastagi bilan qahva qattiqligini almashtirishingiz mumkin.
Yanchish sozlamasi qancha pastroq qiymatda boʻlsa, qahva donlari shuncha maydaroq yanchiladi va qahva
oʻtkirroq boʻladi. Tanlashingiz mumkin boʻlgan 12 ta turli yanchish sozlamalari mavjud.
Mashina qahva donlarining eng yaxshi taʼmini chiqarishga sozlangan. Shu sababli 100-150 finjon (taxminan
1 oy foydalanish) qahva damlamasdan yanchish sozlamasini oʻzgartirmaslikni tavsiya qilamiz.
Taʼmdagi farqni toʻliq his qilishingizdan avval 2-3 ta qahva damlashingiz kerak boʻladi.
Yanchgich shikastlanishining oldini olish maqsadida, yanchishni sozlash dastagini bitta buraganda bir
qadamdan ortiq buramang.
1
Asosiy menyudagi Donlar belgisini bosing.
2
“Yanchgich” tugmasini bosing.
3
Qanday qilib videosini tomosha qiling.
Zavod sozlamalariga qaytarish
Mashina ichimliklarning birlamchi sozlamasini istalgan paytda tiklash imkoniyatini taqdim etadi.
1
Sozlamalar belgisini bosing.
2
“Birlamchi sozlamalar” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring. Tasdiqlash belgisini bosish
orqali tasdiqlang.
-
Sozlamalar endi asliga qaytarildi.
Quyidagi birlamchi sozlamalar asliga qaytarildi: suv qattiqligi, kutish rejimi vaqti, displey yorqinligi,
tovush
,
old tomondan yoritish, profillar, idish chirogʻi, oʻlchovlar/birliklar, bosh ekran sozlamalari,
BeanMaestro tanlovlari, Wi-Fi tarmoq axborotlari, dasturiy yangilanish tanlovlari, Saeco hisob maʼlumotlari,
Amazon hisob maʼlumotlari.
Nadal masz pytania?Nie znalazłeś odpowiedzi w instrukcji lub masz inne problemy? Zadaj pytanie w poniższym formularzu i opisz szczegółowo swoją sytuację, aby inni użytkownicy i eksperci mogli udzielić ci odpowiedzi. Jeśli wiesz, jak rozwiązać problem innej osoby, podziel się swoją wiedzą :)