Karcher K3 (1.601-812.0) - Instrukcja obsługi - Strona 15

Karcher K3 (1.601-812.0) Myjka ciśnieniowa – Instrukcja obsługi w formacie pdf, czytaj online za darmo. Mamy nadzieję, że okaże się ona pomocna w przypadku jakichkolwiek pytań związanych z użytkowaniem urządzenia.

Jeśli nadal masz wątpliwości, zadaj pytanie w komentarzach pod instrukcją.

"Ładowanie instrukcji" oznacza, że musisz poczekać na pobranie pliku, aby móc go przeczytać online. Niektóre instrukcje są bardzo obszerne, a czas ich ładowania zależy od szybkości łącza internetowego.
Strona:
/ 18
Ładowanie instrukcji

O ʻ zbek tili

45

Shaxsiy himoya vositalari

EHTIYOT BO'LING

● 

O‘zingizni sachrab

ketayotgan suv ko‘piklari yoki loylardan himoya qilish
uchun mos himoya kiyimi va himoya ko‘zoynagidan
foydalaning.

● 

Qurilmadan foydalanganda aerozol

bug‘lari vujudga kelishi mumkin. Bu aerozollardan nafas
olish salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Foydalanishga bog‘liq ravishda to‘liq ekranlashtirilgan
forsunkalarni qo‘llash (masalan, katta yuzalarni yuvish)
suv aerozollarini otib chiqarilishi miqdorini sezilarli
darajada kamaytirishi mumkin. Agar to‘liq
ekranlashtirilgan forsunkalardan foydalanishning
imkoni bo‘lmasa, tozalanayotgan yuzaga bog‘liq
ravishda aerozol bug‘larini yutib yubormaslik uchun
FFP 2 sinfiga kiruvchi yoki unga o‘xshash bo‘lgan
himoya maskasidan foydalaning.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha umumiy

ko‘rsatmalar

XAVFLI

● 

Bo‘g‘ilish xavfi! Qadoqlash

plyonkasini bolalardan uzoqroqda ushlash lozim.

OGOHLANTIRISH

● 

Qurilmadan faqat

foydalanish tavsiya qilingan maqsadlar uchun
foydalaning. Mahalliy sharoitlarni hisobga oling va
qurilma bilan ishlaganda begona kishilar, ayniqsa
bolalalarni nazorat qilib turing.

● 

Jismoniy, sezish yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki tajribasi yoki bilimi
yetarli bo‘lmagan shaxslarga faqat ular tajribali
foydalanuvchi nazorati ostida bo‘lganlarida yoki ularga
ularning xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan
qurilma bilan xavfsiz ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan va ular buning natijasida yuzaga keluvchi
xatarlarni anglab yetadigan hollardagina qurilmadan
foydalanishga ruxsat beriladi.

● 

Bolalarning qurilmadan

foydalanishlari ta’qiqlanadi.

● 

Bolalarning uskuna bilan

o‘ynamasliklariga amin bo‘lish uchun ularni nazorat
qiling.

EHTIYOT BO'LING

● 

Himoya qurilmalari

sizning xavfsizligingizni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Himoya qurilmalarini o‘zgartirmang yoki o‘chirib
qo‘ymang.

Elektr toki urish xavfi

XAVFLI

● 

Himoya singi I bo‘lgan qurilmalarni

ta’minot manbalariga tegishli tarzda yerga ulagan holda
ulash lozim.

● 

Qurilmani faqat o‘zgaruvchan tok

manbaiga ulashga ruxsat beriladi. Zavodda
yopishtirilgan yorliqda ko‘rsatilgan kuchlanish
tarmoqdagi kuchlanishga mos kelishi kerak.

● 

Qurilmadan faqat nosozliklardan himoya avtomati

bilangina foydalanishga ruxsat beriladi (maks. 30 mA).

● 

Ho‘l qo‘l bilan hech qachon elektr simlar va rozetkani

ushlamang.

● 

Tarmoq vilkasi va uzaytirgich muftasi suv

o‘tkazmaydigan bo‘lishi va suvda joylashmasligi kerak.
Birlashtirish muftasi polda yotmasligi kerak.
Rozetkaning poldan kamida 60 mm balandda bo‘lishini
kafolatlovchi kabel barabanlaridan foydalaning.

● 

Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar suv tegishidan

himoyalangan bo‘lishi kerak.

OGOHLANTIRISH

● 

Qurilmani elektrik-

mutaxassis tomonidan IEC 60364-1 ga ko‘ra bajarilgan
ta’minot manbasiga ulang.

● 

Qurilmadan har safar

foydalanishdan oldin uning elektr kabeli bilan
sanchqisiga shikast yetmaganiga ishonch hosil qiling.
Agar uning elektr kabeli shikastlangan bo

ʻ

lsa, ehtimoliy

xavfning oldini olish uchun uni almashtirish uchun ishlab

chiqaruvchiga, vakolatli servis agentiga yoki malakali
elektr ustasiga darhol murojaat qilish zarur.

● 

Tarmoq

kabeli yoki uzaytirgichni ustidan bosish, ortiqcha siqish,
cho‘zish yoki bosha shunga o‘xshash harakatlar bilan
shikastlamaslikka harakat qiling. Tarmoq kabelini yuqori
harorat, yog‘lar va o‘tkir qirralarning ta’siridan himoya
qilish lozim.

● 

Mos kelmaydigan elektr uzaytirgichlar

xavfli bo’lishlari mumkin. Ochiq havoda faqat
sertifikatga ega bo‘lgan va tegishli tarzda yorliqlangan,
kabel kesimi yetarlicha bo‘lgan elektr uzaytirgichlaridan
foydalaning: 1-10 m: 1,5 mm

2

, 10-30 m: 2,5 mm

2

EHTIYOT BO'LING

● 

Kabelni doimo kabel

barabanidan to‘liq bo‘shating.

● 

Qurilmadan uzoq vaqt

foydalanilmaydigan hollarda va foydalanib bo‘lgandan
keyin qurilmani asosiy o‘chirgichdan o‘chiring va vilkani
tarmoqdan uzib qo‘ying.

Ishlatish

XAVFLI

● 

Portlash xavfi mavjud bo‘lgan

zonalarda foydalanish ta’qiqlanadi.

● 

Erituvchilar,

tarkibida erituvchilar bo‘lgan suyuqliklar yoki eritilmagan
kislotalarni yutib yubormang. Ularga, masalan, benzin,
bo‘yoq erituvchilar yoki pech yoqilg‘isi kiradi. Aerozol
bug‘lari yuqori darajada toksik, o‘ta portlovchan va
zaharlidir.

● 

Shikastlangan avtomobil pokrishkalari/

pokrishkalarning nippellari hayot uchun xavflidir.
Avtomobil pokrishkalari/pokrishkalarning nippellari
yuqori bosim ostida shikastlanishi va portlab ketishi
mumkin. Buning birinchi belgisi bo‘lib pokrishkalar
rangining o‘zgarishi hisoblanadi. Pokrishkalar/
pokrishkalar nippellarini tozalaganda forsunkadan
kamida 30 sm masofa saqlash lozim.

OGOHLANTIRISH

● 

Agar ta’sir zonasida

tegishli himoya kiyimi kiymagan odamlar mavjud bo‘lsa,
qurilmadan foydalanmang.

● 

Kiyim yoki poyabzalni

tozalash uchun yuqori bosimli oqimni o‘zingiz tomonga
yo‘naltirmang.

● 

Yuqori bosimli suv oqimini odamlar,

hayvonlar, ishlab turgan elektr jihozlari yoki qurilmaning
o‘ziga yo‘naltirmang.

● 

Yuqori bosimli suv oqimida

tarkibida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan moddalar
(masalan, asbest) mavjud bo‘lgan buyumlarni
tozalamang.

● 

Har safar ishga tushirishdan avval

qurilma va butlovchi qismlar, masalan, yuqori bosim
shlangi, pistolet-purkagich va himoya qurilmalarini
tegishli holatda ekanligi va foydalanish uchun xavfsiz
ekanligini tekshiring. Shikastkanishlar mavjud bo‘lgan
hollarda qurilmadan foydalanish ta’qiqlanadi.
Shikastlangan komponentlarni darhol almashtirish
lozim.

● 

Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya

qilingan yuqori bosim shlangi, armatura va muftalardan
foydalaning.

● 

Qaynoq suvda kuydirib olish xavfi. Ish

tugaganidan keyin yuqori bosim shlangi va uzatgichlar
uzilganidan keyin fitinglardan qaynoq suv chiqishi
mumkin.

EHTIYOT BO'LING

● 

Amalda bo’lgan

ko’rsatmalarga ko’ra qurilmadan hech qachon ichimlik
suvi tarmog’idagi tizimli himoyasiz foydalanmang.
Yuqori bosimli yuvgichga suv beruvchi vodoprovodga
ulanishning EN 12729 ga ko‘ra BA tipidagi tizimli
o‘chirgich bilan jihozlanganligiga ishonch hosil qiling.

● 

Tizimli o‘chirgich avtomati orqali o‘tgan suv ichimlik

suvi hisoblanmaydi.

● 

Ishlayotgan vaqtda qurilmani

qarovsiz qoldirmang.

● 

Forsunkadagi yuqori bosimli

oqim pistoletga tepki qaytaradi. Ishonchli tayanch bilan
ta’minlang va yuqori bosim pistoleti va purkovchi
trubkani mahkam ushlang.

● 

Qurilma ag‘darilib tushgan

instrukcjapopolsku.pl
Nadal masz pytania?

Nie znalazłeś odpowiedzi w instrukcji lub masz inne problemy? Zadaj pytanie w poniższym formularzu i opisz szczegółowo swoją sytuację, aby inni użytkownicy i eksperci mogli udzielić ci odpowiedzi. Jeśli wiesz, jak rozwiązać problem innej osoby, podziel się swoją wiedzą :)